RAQAMLI IQTISODIYOT DAVRIDA MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
DOI:
https://doi.org/10.65164/215h8429Keywords:
XXI asr global miqyosda raqamli texnologiyalar davri sifatida maydonga chiqdi. Internetning keng tarqalishi, mobil aloqa xizmatlarining yildan-yilga rivojlanishi, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, big data, blokcheyn kabi innovatsiyalar iqtisodiy jarayonlarning mazmunini tubdan o‘zgartirdi. Natijada, yangi iqtisodiy model – raqamli iqtisodiyot shakllanib, jamiyatning deyarli barcha sohalariga kirib bordi.Abstract
raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, big data,
raqamli transformatsiya, raqamli tafovut, texnologik rivojlanish, platforma iqtisodiyoti, elektron
hukumat, startaplar, kadrlar salohiyati.
Tezislar:
1. Raqamli iqtisodiyot global iqtisodiyotning asosiy drayveriga aylangan bo‘lib, ishlab
chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruvda tub o‘zgarishlar yaratmoqda.
2. Texnologiyalarning tez yangilanishi natijasida malakali kadrlar yetishmovchiligi dolzarb
muammo bo‘lib turibdi.
3. Kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, onlayn firibgarlikning ko‘payishi
raqamli tizimning barqarorligiga tahdid solmoqda.
4.
Raqamli infratuzilmaning nomutanosib rivojlanishi jamiyatda “raqamli tafovut”ni
kuchaytirmoqda.
5. Muammolarni bartaraf etish uchun davlat siyosati, xususiy sektor va ta’lim tizimi o‘rtasida
integrallashgan hamkorlik zarur.
6. Innovatsion ekotizim yaratish, IT startaplarni qo‘llab-quvvatlash va aholining raqamli
savodxonligini oshirish asosiy yechimlardan biridir.
References
Mazkur muammolarni hal qilish uchun quyidagilar zarur:
zamonaviy infratuzilma yaratish;
ta’lim tizimini transformatsiya qilish;
aholi o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish;
kiberxavfsizlikni mustahkamlash;
innovatsion ekotizimni kengaytirish;
davlat va xususiy sektor o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Agar ushbu yo‘nalishlarda izchil siyosat olib borilsa, raqamli iqtisodiyot mamlakatning
iqtisodiy o‘sishida asosiy omillardan biriga aylanadi.