O‘ZBEKISTON SSR IQTISODIYOTIDA PAXTA EKSPORTINING O‘RNI VA MUOMMOLARI
DOI:
https://doi.org/10.65164/7yg43c74Ключевые слова:
paxta yakkahokimligi, O‘zbekiston SSR, eksport, iqtisodiyot, Sovet Ittifoqi, qishloq xo‘jaligi, ekologik muammo, Orol dengizi.Аннотация
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston SSR davrida paxta eksporti sanoatining rivojlanish xususiyatlari va undagi mavjud kamchiliklar tizimli tarzda tahlil qilinadi. XX asrning ikkinchi yarmida respublika iqtisodiyoti Sovet Ittifoqi tomonidan belgilangan strategik maqsadlarga mos ravishda shakllantirilgan bo‘lib, paxta yetishtirish asosiy yo‘nalish sifatida ko‘tarilgan. Shu bois, respublika paxta xomashyosi yetkazib beruvchi mintaqa sifatida ishlatilgan va uning eksporti markaziy hukumat tomonidan qat’iy nazorat qilingan. Sovet davrida olib borilgan paxtachilik siyosati natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlandi. Paxta ekinlari hududi keskin kengaytirilgan, bu esa boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlariga, jumladan g‘alla, sabzavot va meva-sabzavot mahsulotlariga ajratiladigan yer maydonlarini qisqartirdi. Natijada mahalliy oziq-ovqat yetishtirish imkoniyati cheklangan va respublika tashqi hududlardan oziq-ovqat mahsulotlariga qaram bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, paxta yetishtirish va eksport qilishning asosiy foydasi markazga yo‘naltirilgan bo‘lib, respublikaning o‘zida iqtisodiy foyda nisbatan kam bo‘ldi. Paxta yakkahokimligi nafaqat iqtisodiy, balki ekologik va ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Sug‘orish tizimlari uchun daryolardan haddan tashqari suv olinishi Orol dengizining keskin qurishiga olib keldi, tuproq sho‘rlanishi va ekotizimning buzilishi kuzatildi. Shuningdek, kimyoviy o‘g‘itlar va pestitsidlarning keng qo‘llanishi tuproq unumdorligi va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ijtimoiy jihatdan ham paxta yakkahokimligi o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatdi. Paxta yig‘im-terimi davrida talaba va maktab o‘quvchilari, davlat tashkilotlari xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinib, ta’lim va madaniy hayotning sifati pasaydi. Aholining turmush darajasi esa paxta eksportidan tushgan daromadlar markazga yo‘naltirilgani sababli sezilarli darajada yaxshilanmagan. Shu nuqtai nazardan, maqolada paxta eksporti sanoatidagi kamchiliklar tizimli tarzda tahlil qilinadi, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy oqibatlari o‘rganiladi hamda tarixiy tajriba orqali respublikaning mustaqillik davrida iqtisodiy siyosatni diversifikatsiya qilish zaruriyati tasdiqlanadi.
Библиографические ссылки
1. Rajabov Qahramon. O‘zbekiston tarixi (1917–1991-yillar). – Toshkent: Sharq, 2019. – 512 b.
2. Usmonov Qudrat. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2016. – 400 b.
3. Azizxo‘jayev Alisher. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar va quvonchlar. – Toshkent: Sharq, 2001. – 368 b.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. – Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. – 688 b.
5. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 8-jild. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.
6. Paxta ishi va paxta yakkahokimligi muammolari bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent: Fan, 1990.
7. “O‘zbekiston tarixi” ilmiy jurnali. Turli sonlar, 2018–2024-yillar.
8. “Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” ilmiy-amaliy jurnali. Turli sonlar, 2017–2024-yillar.
9. O‘zMA R-837 jamg‘arma. 41-ro‘yxat. 1679-ish. 88-varoq