GERMANIYANING XALQARO MUNOSABATLARI VA JAHON URUSHI OLDIDAN KUCHLAR MUVOZANATI
DOI:
https://doi.org/10.65164/eccprd42Kalit so‘zlar:
so‘zlar: Germaniya imperiyasi, xalqaro munosabatlar, kuchlar muvozanati, ittifoqlar tizimi, Birinchi jahon urushi, diplomatiya, qurollanish poygasi, geosiyosat.Abstrak
Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropa davlatlari o‘rtasidagi
xalqaro munosabatlar tizimining murakkablashuvi va unda Germaniya imperiyasining tutgan o‘rni
tahlil qilinadi. 1871-yilda Germaniyaning birlashuvi Yevropadagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirib,
Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya kabi yirik davlatlar bilan siyosiy, harbiy va iqtisodiy
raqobatning kuchayishiga olib kelgani yoritiladi. Maqolada Germaniyaning dengiz qurollanishi,
mustamlakachilik siyosati, Marokash va Bolqon inqirozlaridagi roli hamda bu jarayonlarning xalqaro
ziddiyatlarni kuchaytirgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Otto fon Bismark davridagi ehtiyotkor va
muvozanatga asoslangan tashqi siyosat bilan Vilgelm II davridagi agressiv yo‘nalish o‘rtasidagi
farqlar tahlil qilinadi. Natijada Yevropaning qarama-qarshi harbiy-siyosiy bloklarga bo‘linishi,
qurollanish poygasining jadallashuvi va Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib kelgan omillar ilmiy
asosda yoritib beriladi.
Havolalar
1. Ahmedov B. Jahon tarixi (Yangi davr). – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
2. Azamat Ziyo. Jahon tarixi: Yevropa va Amerika mamlakatlari (XVIII–XIX asrlar). – Toshkent:
Fan va texnologiya, 2019.
3. Qodirov N. XIX asr Yevropa tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2015.
4. Sodiqov H. Yangi va eng yangi davr jahon tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
5. Ahmedov B. Xalqaro munosabatlar tarixi. – Toshkent: Fan, 2020.
6. Bo‘ronov O. Birinchi jahon urushi sabablari va oqibatlari. – Toshkent: Akademnashr, 2021.
7. Karimov I. Jahon tarixi (XIX–XX asrlar). – Toshkent: Universitet, 2019.