GENERATIV SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA KIBERHUJUMLARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISH USULLARI
DOI:
https://doi.org/10.65164/2h8nwn97Ключевые слова:
Sun’iy intellekt, generativ AI, kiberxavfsizlik, DoS hujum, DDoS hujum, to‘liq ajratib bajariladigan hujum, IDS/IPS, tarmoq xavfsizligi, log tahlili, mashinali o‘qitish, teran o‘rganish, Fail2Ban.Аннотация
Ushbu maqolada generativ sun’iy intellekt (AI) yordamida kiberhujumlarni aniqlash va oldini olish usullari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot tizimlarida DoS, DDoS va to‘liq ajratib bajariladigan hujumlarining murakkablashuvi hamda keng tarqalishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda mashinali o‘qitish va teran o‘rganish modellari asosida tarmoq trafiklari, server loglari va foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish usullari tahlil etiladi. Shuningdek, AI asosidagi tizimlarning an’anaviy xavfsizlik vositalariga nisbatan ustunliklari yoritilib, real vaqt rejimida tahdidlarni aniqlash va oldini olish imkoniyatlari ko‘rsatildi. Amaliy tajribada virtual muhitda to‘liq ajratib bajariladigan hujumlar sinovdan o‘tkazilib, ularni aniqlash va bloklash samaradorligi tahlil qilindi. Olingan natijalar sun’iy intellekt texnologiyalarining kiberxavfsizlikda yuqori samaradorlikka ega ekanligini tasdiqlaydi.