KORXONA AXBOROT TIZIMLARIDA MA’LUMOTLAR ZAXIRA NUSXALARINING XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA TAHDIDLAR VA ULARGA QARSHI ZAMONAVIY YECHIMLAR
DOI:
https://doi.org/10.65164/15yrz493Ключевые слова:
zaxira nusxalash, zaxira nusxa, kiberxavfsizlik, ransomware, cloud storage, disaster recovery, ma’lumotlar himoyasiАннотация
Ushbu maqolada axborot tizimlarida zaxira jarayonining mohiyati, uning axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni hamda zamonaviy tahdidlar sharoitidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda ma’lumotlar yo‘qolishining oldini olish, ularni tiklash va tizim uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan zaxira nusxalash tizimlarining asosiy funksiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, ransomware, ichki tahdidlar, fizik nosozliklar va tarmoq hujumlari kabi asosiy xavf omillari ko‘rib chiqilib, ularning zaxira nusxalash tizimlariga ta’siri baholangan. Maqolada 3-2-1 qoidasiga asoslangan saqlash modeli, doimiy zaxira nusxalash, shifrlash va zero trust yondashuvi kabi zamonaviy himoya usullari ham tahlil qilingan. Natijada, zaxira nusxalash tizimlarining samaradorligini oshirish va axborot xavfsizligini mustahkamlash uchun kompleks yondashuv zarurligi asoslab berilgan.