O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA O‘RTASIDAGI AKADEMIK HAMKORLIKNING RIVOJLANISHI

Авторы

  • Ismatullayeva Zebo Ташкентский Университет Прикладных Наук image/svg+xml Автор

DOI:

https://doi.org/10.65164/xazxge49

Ключевые слова:

O‘zbekiston, Germaniya, ilmiy hamkorlik, ilmiy diplomatiya, akademik almashinuv, YUNESKO, DAAD, DVV International, Konrad Adenauer fondi, Fridrix Ebert jamg‘armasi, xalqaro konferensiyalar, tarixiy meros, Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, ilmiy tadqiqotlar, madaniy hamkorlik, xalq diplomatiyasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari, ilm-fan integratsiyasi.

Аннотация

Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy holati tarixiy va tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarning institutsional asoslari, ularning ilm-fan, ta’lim, tarix, madaniy meros va akademik almashinuv sohalaridagi amaliy natijalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning YUNESKO, Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD), DVV International, Konrad Adenauer fondi, Fridrix Ebert jamg‘armasi, Gerda Henkel fondi kabi xalqaro tashkilot va jamg‘armalar bilan hamkorligi misolida ilmiy diplomatiyaning samarali mexanizmlari tahlil qilingan.

Shuningdek xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar, qo‘shma tadqiqot loyihalari, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib etish ishlari, xalqaro konferensiyalar hamda ilmiy seminarlarning O‘zbekiston ilm-fani taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan. Ayniqsa, Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti va boshqa ilmiy muassasalarning Germaniya ilmiy markazlari bilan olib borayotgan hamkorligi natijasida tarixiy manbalarni tadqiq etish, qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida erishilgan yutuqlar tahlil etilgan.

Muallif O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik munosabatlarni mustahkamlash, ilmiy bilimlar almashuvini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning jahon ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini jadallashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini, shu bilan birga, mazkur hamkorlik ilmiy diplomatiyaning samarali vositasi sifatida tarixiy-madaniy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va yangi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.

Библиографические ссылки

1. Тарих ва ўзликни англаш IV: Минтақавий интеграция ва тарих. Тошкент. 2008.

2. Ўзбекистон Республикаси фанлар академияси Шарқшунослик институтининг шарқ қўлёзмалари хазинаси: -Тошкент. 2012.

3. Халқ сўзи. – 2012. - 17 февраль

4. Каримов И. А. “Аждодларимизнинг бебаҳо мероси – абадиятга дахлдор маънавий хазинадир” мавзусида маърузаси // Халқ сўзи. 2014. 16 май.

5. Умаров С.Я. “Ўзбекистон-Германия” дўстлик жамияти – халқ дипломатияси доирасида дўстлик ва ҳамкорликни мустаҳкамлаш омили // Имом - Бухорий сабоқлари. 2019. №1. – Б. 92-94.

6. “Ўзбекистон – Германия” Дўстлик жамияти расмий веб - сайти: O‘zbekistonlik yosh izlanuvchilar uchun “O‘zbekiston – Germaniya ilmiy tadqiqotlari” mavzusida оnlayn ilmiy seminar. http://ud.uz/uz/unique_charming/events/1431/. Murojaat sanasi: 05.06.25.

7. Ўз МА. Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати билан Германия Федератив Республикаси Ҳукумати ўртасида маданий ҳамкорлик тўғрисда Битим. 3- модда. // Фонд – м -7, рўйхат - 1, жилд - 719, варақ -14.

8. Жаҳон тамаддуни тарихида Марказий Осиё Ренессанси // Халқ сўзи. 2017. 29 август.

9. Зиёев Ҳ. Тарих институти 60 ёшда. -Тошкент. ЎзР ФА Ишлар бошқармаси қошидаги кичик босмахона. 2012.

10. Собиров А. Устная история (Orol history) как источник и метод историчиского исследования // Устная история в Узбекистане теория и практика // сборник статей. Вып I, -Тошкент. 2011. – С. 14.

Опубликован

2026-07-07