RAQAMLI O‘YIN JARAYONIGA NISBATAN MAJBURIY INTILISH: YOSHLARNING XULQIY BUZILISH MODELI VA IJTIMOIY REABILITATSIYA YONDASHUVLARI
DOI:
https://doi.org/10.65164/qqfj8j95Ключевые слова:
Raqamli o‘yinlar, raqamli addiksiya, kompulsiv xulq, psixologik omillar, impulsivlik, o‘zini boshqarish, ijtimoiy moslashuv.Аннотация
Ushbu maqolada yoshlar orasida raqamli o‘yinlarga majburiy sho‘ng‘ish
(gaming addiction) hodisasining shakllanish mexanizmlari empirik tadqiqot asosida tahlil qilinadi.
Tadqiqot o‘smirlar hamda 18–25 yoshdagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan sotsio-psixologik
baholashlar, so‘rovnomalar va kuzatuv natijalariga tayanadi. Olingan ma’lumotlar raqamli o‘yinlarga
ortiqcha berilish shaxs xulq-atvoridagi buzilish sifatida namoyon bo‘lishini va uning psixologik
hamda ijtimoiy oqibatlari mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, dopaminga asoslangan neyropsixologik
mukofot tizimi, oilaviy muloqotning yetarli darajada shakllanmagani, emotsional qo‘llab-
quvvatlashning kamligi yuqori xavf omillari sifatida baholandi. Shuningdek, virtual muhitdagi yutuq
va mukofotlar real hayotdagi muvaffaqiyat hissini almashtirib, yoshlarning psixologik holatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, majburiy o‘yin faoliyati
ta’lim jarayonida diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, o‘qish samaradorligining kamayishi,
ijtimoiy munosabatlarda qiyinchiliklar va shaxslararo aloqalarning cheklanishiga olib kelmoqda.
Maqolada mazkur muammoni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik va reabilitatsion yondashuvlar
ilgari suriladi. Jumladan, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, raqamli madaniyatni shakllantirish,
ta’lim muassasalarida psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish hamda yoshlar orasida
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
1. Kuss D. J., Griffiths, M. DSocial networking sites and addiction: Ten lessons learned.
International Journal of Environmental Research and Public Health, 14(3), 311.
https://doi.org/10.3390/ijerph14030311. 2017.
2. World Health Organization. Gaming disorder. WHO Classification of Diseases. 2019.
https://doi.org/10.1002/wps.20617
3. Qurbanazarova D. M.. Psixologiya. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.7622200 2023.
4. Aripova M. L. Ziddiyatli hayotiy vaziyatlarda shaxsning psixologik holatlarini o‘rganish
masalasi. Ta’lim maydoni tendensiyalari: kompetentsiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar
nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (1-jild, 413–416-betlar).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15385302.2025.
5. Razakova R. S. Psixologik bilimlarni amaliy qo‘llash. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.
7976900. 2023.
6. Xatamkulov M. Sun’iy intellekt asosida psixologik holatni aniqlash masalalari. Science and
Research elektron jurnali. https://doi.org/10.5281/zenodo. 15268595. 2025.