MUSTAQIL O‘QUV TOPSHIRIQLARI ASOSIDA ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISH
DOI:
https://doi.org/10.65164/83qf1b36Ключевые слова:
Adabiy ta’lim, ta’lim mazmuni, ish daftari, bilim, ko‘nikma, savol, topshiriq va malakalar.Аннотация
Maqolada 2019-yilning 8-oktabridagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni asosidagi muhim dasturilamal hujjatda “…oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kreditmodul tizimiga o‘tkazish” masalalari vazifa qilib qo‘yilganligiga qaratilgan bo‘lib, ta’lim tizimini samaradorligini o‘qituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, o‘quv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil ta’limni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita ta’minlab beradi. Maqolada talaba mustaqil ishini tashkil, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g’risida”gi Nizomga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda talabalarning Ozbek tili fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartiblari keltirilgan. O‘zbek tili fanidan mustaqil ishlarning maqsadi – amaliy mashgʼulotlar davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va takomillashtirishdan iborat. Bunda fan o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taʼlim topshiriqlari dars mashgʼulotlari mavzusidan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘tarilgan mavzular talabalarga loyiha ishlarini amalga oshirish va taqdimotlar (slayd, hisobot, muammoli vaziyat va h.z.) tayyorlashlariga, yuklatilgan mavzularga ijodiy yondoshishlariga imkon yaratishi, hamda har 4 ko‘nikma va malaka (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) ni o‘z ichiga oladi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. “O‘qituvchi”, Toshkent, 2005.
2. Aminov M., Madvaliyev A. va boshqalar. Ish yuritish, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” nashriyoti. Toshkent, 2014.
3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yoldoshov I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. (Darslik)-Cho‘lpon, Toshkent, 2013.
4. G‘afforov N.N. Davlat tilida ish yuritish (o‘quv qo‘lanma). “O‘zkitobsavdonashriyoti”, Chirchiq, 2021.
5. G‘afforov N.N Alisher Navoiy “Xamsa”sida so‘fiylar obrazi. Monografiya. “Ta’lim”. Toshkent. 2017 yil
6. Boltayeva. I. Jismoniy tarbiya va sport atamalarining izohli lug‘ati (o‘quv qo‘llanma). “LESSON PRESS”, Toshkent, 2020 yil.
7. Boltayeva I., Ayxodjayeva M. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). Toshkent, “LESSON PRESS”, 2020 yil .
8. Boltayeva I. O‘zbek tili darslarida yordamchi so‘zlarning o‘qitilishi (uslubiy qo‘llanma ) “O‘zkitobsavdonashriyoti”, Chirchiq, 2021.