TEMURIYLAR SHAHZODALARINING TAXT UCHUN KURASH JARAYONLARIDA XALIL SULTONNING TUTGAN O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.65164/sb9jb735Ключевые слова:
Taxt uchun da‘vogar bo‘lgan shahzodalarning Amir Temur faoliyatining so‘ngi yillarida muhim ahamiyat kasb etdi, chunki saltanatning ichki va tashqi, harbiy mahorati, siyosiy vaziyatda egallagan mavqei katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Amir Temur vafotidan keyingi davrlarda muhim ro‘l o‘ynagan shahzodalar Xalil Sulton, Sulton Abu Said, Shoxrux Mirzo, Pir Muhammad Sultonlardir. Xalil Sultonning saltanat hayotida tutgan o‘rniga e‘tibor qaratsak, Dehli yaqinida bo‘lib o‘tgan Panjikent jangida Xalil Sulton birinchi marta harbiy sarkardalik mahorati va jasorati bilan ko‘zga tashlandi. Nizomddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiy va Xondamir kabi tarixchilarning ta‘kidlashicha, Xalil Sulton birinchilardan bo‘lib dushman safi tomon ot choptirib ketgan, u shu payti atiga 15 yosh bo‘lgan. Yosh bo‘lishiga qaramasdan jang mahoratiga ega bo‘lishi, o‘z askarlari bilan jangavor fillar ustida shiddatli jang qilganligiga ham e‘tiborga molik. Shu jangda Xalil Sulton Amir Temur hurmatiga va ishonchiga ega bo‘lgan desak xato bo‘lmaydi. Amir Temur 1402-yildagi Anqara janggi tugashi bilan Xitoyga yurish bosqichini boshlaydiАннотация
Temuriylar davri o‘zbek davlatchiligi tarixining eng yuksak cho‘qqisi bo‘lishi bilan birga, taxt uchun tinimsiz kurashlar va ichki nizolarga ega bo‘lgan davlat sifatida eslanadi. Amir Temur vafoti bilan Xalil Sulton, Shoxrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek va Sulton Abu Said davridagi hokimyat talashish, fojeali kurashning Markaziy Osiyo tarixidagi halokat oqibatlarini yuzaga keltiradi. Amir Temur vafotidan so‘ng (1405-yil) bepayon saltanatni yagona bayroq ostida birlashtirish uchun nafaqat harbiy mahorat, balki qat’iy siyosiy mero‘sxo‘rlik tizimi ham zarur edi. Afsuski, o‘sha davrdagi “hukmdorlikka har bir shahzoda loyiq“ degan tushuncha shahzodalar o‘rtasida o‘n yillar davomida uzoq qonli urishlarga sabab bo’lgan bu kurashlar shunchaki shaxsiy adovat emas, balki buyuk bir saltanatning parchalanishiga, iqtisodiy inqirozga va butun sulola hukmronligining tugashiga olib kelgan asosiy omil bo‘ldi. Temuriylar davlat boshqaruvi falsafasiga ko‘ra hukmdorlar qoni oqayotgan har bir erkak avlod xoh u o‘g‘il, xoh nabira bo’lsin - nazariy jihatdan hukmronlik qilishga ega deb hisoblangan. Bu esa markaziy hokimiyat bo’shashi keyin esa siyosiy tanazzul shakllanishiga zamin yaratdi.
Библиографические ссылки
[1] Usmonov B . A . Temuriylar davri siyosiy tarixi . – Farg’ona . 2024
[2] Бўрийев O . Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё . - Тошкент .1997
[3] Файзийев T. Темурийлар шажараси .- Тошкент . 1995
[4] Шарафиддин Али Яздий. Зафарнома. – Тошкент. 1997
[5] Ахмедов Б . Амир Темур . – Тошкент. 1995
[6] Хайитметов A . Темурийлар даври. – Тошкент . 1996