TA’LIM TIZIMIDA GENERATIV SUN'IY INTELLEKT: GLOBAL EMPIRIK MA’LUMOTLAR, MUAMMOLAR VA O‘ZBEKISTON UCHUN KOMPLEKS TATBIQ MODELI
DOI:
https://doi.org/10.65164/xxqq9t10Kalit so‘zlar:
generativ sun'iy intellekt, GenAI ta'limda, ChatGPT, akademik halollik, raqamli tengsizlik, personallashtirilgan ta'lim, pedagogik tayyorgarlik, O'zbekiston AI strategiyasi, UNICEF Learning Pioneers, moslashuvchan ta'lim.Abstrak
Ushbu maqolada generativ sun'iy intellekt (GenAI) texnologiyalarining global ta'lim tizimlariga ta'siri xalqaro empirik tadqiqotlar asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. College Board (2025), HEPI (2025), ScienceDirect meta-tahlili (2025), MIT tajriba (2023), Turnitin & Vanson Bourne (2025), Cengage (2025) va UNESCO (2023; 2025) ma'lumotlari tizimlashtirilib, GenAI ning ta'lim natijalariga ijobiy ta'siri (test natijalari 62% ga o'sishi, mehnat unumdorligi 37% ga oshishi) hamda uchta asosiy muammo — akademik halollik, raqamli tengsizlik va pedagogik tayyorgarlik defitsiti — tahlil etiladi. O'zbekiston Respublikasining «Sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi — 2030» (PQ-358, 2024) va UNICEF Learning Pioneers dasturi doirasidagi pilot natijalar (matematika: 16,9% o'sish) ko'rib chiqilib, milliy ta'lim tizimi uchun 6 yo'nalishli kompleks tatbiq modeli taklif etiladi.