MAQSADLI IQTISODIYOTDA SUN’IY INTELLEKT: BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA
DOI:
https://doi.org/10.65164/vmx34j57Kalit so‘zlar:
sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, boshqaruv, algoritmlar, iqtisodiy samaradorlik, prognozlash, avtomatlashtirish.Abstrak
Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiy tizimlarni boshqarishda sun’iy intellekt
(SI) texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi SI vositalari
yordamida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish va iqtisodiy jarayonlarni prognozlash
samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Maqolada xalqaro tajriba va mahalliy sharoitlar qiyoslanib,
SIni joriy etishdagi iqtisodiy to‘siqlar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
keltirilgan. Yakuniy xulosalar SI iqtisodiy o‘sishning drayveri sifatida xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Maqsadli iqtisodiyot — resurslarni aniq belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar (masalan,
kambag‘allikni qisqartirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish, raqamli tengsizlikni bartaraf etish)
yo‘lida samarali taqsimlash mexanizmi sifatida ta’riflanadi. Tadqiqotda SI algoritmlari (xususan,
chuqur o‘qitish, mustahkamlovchi o‘qitish va optimallashtirish usullari) maqsadli iqtisodiyotning
asosiy funktsiyalari bilan qanday integratsiyalashishi mumkinligi metodik jihatdan asoslanadi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, SI qo‘llanilgan maqsadli iqtisodiy modellar resurslarni taqsimlashda
an’anaviy usullarga nisbatan o‘rtacha 23-35% samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Biroq,
algoritmik tarafkashlik, ma’lumotlarning maxfiyligi va institutsional moslashuv muammolari
saqlanib qolmoqda.
Havolalar
[1] Parkes D. C., Wellman M. P. Economic reasoning and artificial intelligence //Science. – 2015.
– Т. 349. – №. 6245. – С. 267-272.
[2] Parkes D. C., Wellman M. P. Economic reasoning and artificial intelligence //Science. – 2015.
– Т. 349. – №. 6245. – С. 267-272.
[3] Li R. Artificial intelligence revolution: How AI will change our society, economy, and culture.
– Simon and Schuster, 2020.
[4] Устинова О. Е. Искусственный интеллект в менеджменте компаний //Креативная
экономика. – 2020. – Т. 14. – №. 5. – С. 885-904.
[5] Коданева С. И. Искусственный интеллект как основа смарт-бизнеса //Россия: тенденции
и перспективы развития. – 2020. – №. 15-1. – С. 445-449.
[6] Елин К. М., Усова Н. В., Логинов М. П. Технологии искусственного интеллекта в
цифровой модели национальной экономики //AlterEconomics. – 2024. – Т. 21. – №. 4. – С.
723-747.
[7] Nodira A., Shoira X. Sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyotning aholi turmush tarziga ta'siri:
ijtimoiy-iqtisodiy tahlil //fars International Journal of Education, Social Science & Humanities.
– 2026. – Т. 14. – №. 3. – С. 187-193.
[8] Zuxriddinov O. Z. O. G. L., Aliyeva N. Sun’iy intellekt inqilobi va mehnat bozori: xalqaro tahlil
asosida O‘zbekiston uchun strategik yo ‘nalishlar //Science and Education. – 2026. – Т. 7. – №.
3. – С. 107-111.