SEMENT ISHLAB CHIQARISHDA XOMASHYO MASSASINI REAL VAQT REJIMIDA NAZORAT QILISHNING INTEGRATSIYALASHGAN INTELLEKTUAL METODOLOGIYASI

Mualliflar

  • Rayimjonova Odinaxon Farg‘ona davlat texnika universiteti «Telekommunikatsiya muhandisligi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Muallif
  • Toshpulatov Sherali Farg‘ona davlat texnika universiteti «Telekommunikatsiya muhandisligi» kafedrasi assistenti. Muallif
  • Ergasheva Madina Farg‘ona davlat texnika universiteti «Telekommunikatsiya muhandisligi» kafedrasi assistenti. Muallif

DOI:

https://doi.org/10.65164/s18qj834

Kalit so‘zlar:

Og'irlik nazorati, Kalman filtri, LMS algoritmi, AHP-MCDM tahlili, avtomatlashtirish.

Abstrak

Sement sanoatining agressiv ekspluatatsiya sharoitlarida xomashyo massasini
aniq o‘lchash ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda
raqamli texnologiyalar va intellektual algoritmlar integratsiyasi orqali og‘irlik nazorati tizimlarini
optimallashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida konveyer asosidagi o‘lchov
tizimi olingan bo‘lib, MATLAB/Simulink muhitida tizimning raqamli egizak (Digital Twin) modeli
ishlab chiqilgan. Rocker-pin, Shear-beam va S-type tenzodatchiklarining dinamik xatoliklari RMSE
mezoni bo‘yicha tahlil qilinganda, Rocker-pin konstruksiyasi vibratsiyali va changli muhitda eng
barqaror (RMSE 4.6–4.9 kg) yechim ekani aniqlangan. Signal sifatini oshirish maqsadida Kalman filtri
va adaptiv LMS algoritmlari kombinatsiyasi qo‘llanilgan. Natijada dinamik xatolik darajasi 10% dan
1.5% gacha pasaytirilib, o‘lchash aniqligi 6.7 barobar yaxshilangan. Tenzodatchikni tanlash jarayoni
AHP-MCDM modeli orqali ilmiy asoslangan bo‘lib, Rocker-pin datchigi 0.52 integral ustuvorlik
koeffitsienti bilan eng samarali yechim sifatida tasdiqlangan.

Havolalar

[1]. Tao, F., & Liu, H. Digital twin-driven smart manufacturing: Connotation, reference model, and

applications. Robotics and Computer-Integrated Manufacturing, 61, 101837, 2020.

[2]. Zhang, M., Zuo, Y., & Tao, F. Equipment structural health monitoring based on digital

twin.

[3]. International Journal of Advanced Manufacturing Technology, 115(11), 3703-3715, 2021.

[4]. Wang, P., & Fan, Y. Research on high-precision belt scale weighing compensation algorithm

based on adaptive filtering. Measurement and Control, 54(7-8), 1023-1035, 2021.

[5]. Li, X., & He, D. Digital twin for industrial products: A multi-dimensional framework and key

technologies. Journal of Manufacturing Systems, 57, 12-25, 2022.

[6]. Chen, Z., & Huang, B. Multi-criteria decision making for sensor selection in aggressive

industrial environments using AHP-MCDM. Journal of Process Control, 112, 45-58, 2023.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-04-14