SPIRTLI ICHIMLIKLAR IS'TEMOL QILUVCHI O‘SMIRLAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.65164/e0efcq03Kalit so‘zlar:
o‘smir, spirtli ichimliklar, o‘qituvchilar, ota-onalar, pedagogoik yordamlar, suitsid, bolalar, makatab, sog‘lom turmush tarzi, stress, depressiya, tarbiya, voyaga yetmaganlar, ayol-qizlar, qaramlik.Abstrak
Mazkur maqola "Spirtli ichimliklar iste'mol qiluvchi o‘smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat tahlili" mavzusiga bag‘ishlangan. O‘smirlik davri – shaxsning shakllanishi va dunyoqarashining rivojlanishining muhim bosqichidir. Afsuski, aynan shu davrda o‘smirlar ko‘pincha spirtli ichimliklarni iste'mol qilishga moyil bo‘ladilar, bu esa ularning sog‘lig‘iga, psixologik holatiga va ijtimoiy faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur maqola, spirtli ichimliklarni iste'mol qilayotgan o‘smirlar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Ushbu jarayonda o‘smirlar bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning turli usullari va metodlari, shu jumladan, konsul'tatsiya, guruh ma'ruzalar, ijtimoiy treninglar va boshqa pedagogik yondoshuvlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘smirlar orasida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishning sabablari, uning ijtimoiy va psixologik omillari, shuningdek, spirtli ichimliklarga qarshi kurashishda ijtimoiy pedagoglarning roli alohida e'tiborga olinadi. Pedagogik faoliyatda samarali yondashuvlar o‘smirlar orasida salbiy odatlarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun muhim ahamiyatga ega.