SKINNY YENGIL VAZNLI SHIFRLASH ALGORITMINING TAHLILI

Mualliflar

  • XUDOYKULOV ZARIF Muxamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, “Kriptologiya” kafedrasi mudiri, dotsent, Toshkent, O‘zbekiston Muallif
  • SAIDAHMEDOV ELDOR Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, ”Axborot texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi Muallif

DOI:

https://doi.org/10.65164/nq3f5e27

Kalit so‘zlar:

Kriptografiya, yengil vaznli shifrlash, SKINNY algoritmi, TWEAKEY framework, IoT xavfsizligi, blokli shifr, differensial kriptotahlil, chiziqli kriptotahlil, faol S-box, apparat samaradorligi, ASIC, yon kanal hujumlariga qarshi himoya, SKINNY-AEAD, SKINNY-Hash.

Abstrak

Ushbu tezisda zamonaviy narsalar interneti (IoT) qurilmalari va resurslari cheklangan tizimlar uchun mo‘ljallangan SKINNY yengil vaznli blokli shifrlash algoritmining xavfsizlik darajasi va resurs samaradorligi tahlil qilinadi. SKINNY algoritmi 2016-yilda taqdim etilgan bo‘lib, TWEAKEY(Bog‘liq kalitli hujumlar) framework asosida qurilgan hamda 128-bit blok o‘lchamiga ega bo‘lgan SKINNY-128-256 (48 raund) va SKINNY-128-384 (56 raund) kabi variantlarni o‘z ichiga oladi. O‘rganish davomida algoritmning SPN (Substitution-Permutation Network) tuzilishi, 8-bitli S-boxning kriptografik xususiyatlari (maksimal differensial o‘tish ehtimolligi 2−2 , algebraik darajasi va apparat implementatsiyasida egallaydigan maydon (gate equivalents) ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Algoritmning differensial va chiziqli kriptotahlillarga nisbatan chidamliligi o‘rganilib, 20 raundda kamida 96 ta faol S-box mavjudligi, xavfsizlik marjasi esa 52% ni tashkil etishi aniqlangan. SKINNY-AEAD va SKINNY-Hash konstruksiyalarining ASIC implementatsiya natijalariga ko‘ra, round-based variantda 6500–7600 GE, byte-serial variantda esa 5601 GE gacha maydon talab qilinadi. Olingan natijalar SKINNY algoritmining kam energiya sarfi, yon kanal hujumlariga qarshi samarali himoyalanish imkoniyati va yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash xususiyatlarini tasdiqlaydi.

Havolalar

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-05-15