GENERATIV AI ASOSIDA DEEPFAKE TAHDIDLARINI ANIQLASH
DOI:
https://doi.org/10.65164/c0b1gk76Kalit so‘zlar:
Deepfake, Generativ sun’iy intellekt, GAN, diffuziya modellari, multimodal tahlil, raqamli forensika, AI xavfsizligi, media autentifikatsiyaAbstrak
Ushbu maqolada generativ sun’iy intellekt (Generative AI) asosida yaratilgan deepfake texnologiyalarining rivojlanishi, ularning xavfsizlikka tahdidlari va ularni aniqlash usullari tahlil qilinadi. Deepfake texnologiyasi zamonaviy GAN (Generative Adversarial Networks) va diffuziya modellariga asoslanib, realga juda yaqin bo‘lgan audio, video va tasvirlarni yaratish imkonini beradi. Bu esa ijtimoiy manipulyatsiya, moliyaviy firibgarlik va siyosiy noto‘g‘ri axborot tarqatish xavfini keskin oshiradi.
Maqolada deepfake aniqlashning asosiy metodlari — mashinaviy o‘rganish, raqamli forensika, multimodal tahlil va watermarking texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mavjud deteksiya usullari yuqori aniqlikka ega bo‘lsa-da, generativ modellar tez rivojlanayotgani sababli ular doimiy ravishda takomillashtirib borilishi zarur.