TALABALARDA MILLIY QADRIYATLARNI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Mualliflar

  • S.X.Pulatxodjayeva Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti image/svg+xml Muallif
  • Dinora Yo‘ldosheva Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent, 100149, O‘zbekiston Respublikasi 2TT-25-42 guruh talabasi Muallif

DOI:

https://doi.org/10.65164/dktn6r98

Kalit so‘zlar:

milliy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ta’lim jarayoni, juma kunlari milliy liboslar, Navro‘z bayrami, Toshkent Amaliy fanlar universiteti, milliy tarbiya, raqamli pedagogika.

Abstrak

Ushbu ilmiy maqolada milliy qadriyatlarni zamonaviy ta’lim jarayonida
o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish
masalalari yoritilgan. Xususan, Toshkent Amaliy fanlar universitetida juma kunlari milliy liboslar
kiyish an’anasi hamda Navro‘z kabi milliy bayramlarni ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarga
tayangan holda o‘qitish tajribasi misol sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuv talaba-yoshlarda
milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga
xizmat qilishi ilmiy asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari milliy qadriyatlar va zamonaviy
texnologiyalar uyg‘unligi ta’lim samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.

Havolalar

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga

ko‘taramiz. – Toshkent, 2017..

2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

3. Qodirov B.R. Pedagogika va ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

4. UNESCO. Education and Cultural Heritage. – Paris, 2019.

5. Smith M.K. Culture and Education in the Digital Age. – London, 2021

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2025-12-29