OILADAGI PSIXOLOGIK MUHITNING MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARDA AGRESSIV XULQNING SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Mualliflar

  • Vohobova Nigora Toshkent аmaliy fanlar universiteti, 1-bosqich magistiranti Muallif

DOI:

https://doi.org/10.65164/hxgt0b80

Kalit so‘zlar:

oilaviy muhit, agressiv xulq-atvor, maktab yoshidagi bolalar, ota-ona munosabatlari, tarbiyaviy uslublar, emotsional barqarorlik, konstruktiv muloqot

Abstrak

Maqolada oilaviy muhitning maktab yoshidagi bolalar agressiv xulq-atvorining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ta’siri kompleks ilmiy-psixologik tahlil qilingan. Muallif oiladagi ijtimoiy-psixologik munosabatlar, xususan, ota-onalar o‘rtasidagi nizolar, emotsional taranglik, tarbiyaviy nazoratning yetishmasligi hamda tarbiya usullarining nomutanosib qo‘llanilishi bolalar psixikasida agressiv reaksiyalarning paydo bo‘lishiga qanday mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan. Shu bilan birga, bolaning shaxsiy rivojlanishida ota-ona xulq-atvor modellarining o‘rnak sifatida o‘zlashtirilishi, ijtimoiy o‘rganish va emotsional tajriba omillarining roli ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, oilada hukm surgan salbiy psixologik muhitning bolalarda ichki zo‘riqish, xavotir va o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatining susayishiga olib kelishi natijasida agressiv xulqatvor kuchayishi ta’kidlangan. Bundan tashqari, ijobiy oilaviy muhit, ota-ona mehr-muhabbati, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot bolalarda emotsional barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash hamda agressiv reaksiyalarning oldini olishda muhim muhofaza omillari sifatida baholangan. Maktab va oila hamkorligida profilaktik va korreksion ishlar tashkil etishda, shuningdek, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi 

Havolalar

1. Karimova V. M. Oilaviy psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti

nashriyoti, 2019. -345 bet.

2. Erkaev A. Sh. Bola psixologiyasi va rivojlanish nazariyalari. – Toshkent: Fan, 2021.-258 bet.

3. Bandura A. Social Learning Theory. – New York: General Learning Press, 1977.

4. Berk L. E. Child Development. – Boston: Pearson Education, 2018.

5. Patterson G. R. Coercive Family Process. – Oregon: Castalia Publishing, 1982.

6. Dodge K. A. “A Social Information Processing Model of Children’s Social Adjustment.”

Psychological Review, 1993. Pp. 280

7. Bronfenbrenner U. The Ecology of Human Development. – Cambridge: Harvard University

Press, 1979. Pp 560

8. Qodirova R. P. Maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.-342 bet

Nashr qilingan

2025-12-29