KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH SIYOSATI: SAMARADORLIK VA NATIJALAR
DOI:
https://doi.org/10.65164/hbjppq79Ключевые слова:
Kambagʻallik nafaqat faqat daromad etishmasligi, balki imkoniyatlarning cheklanganligi, ijtimoiy chetlanish va inson qadr-qimmatining pasayishidir.Аннотация
Kambagʻallik zamonaviy jamiyatlarga nisbatan eng katta global muammolardan biri boʻlib, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy adolat va barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu ilmiy maqola kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatlarining samaradorligi, natijalari va optimallashtirish imkoniyatlarini har tomonlama tahli qilishga qaratilgan. Tadqiqotda nafaqat siyosatning nazariy asoslari, balki ularning amaliy natijalari ham xalqaro statistik maʼlumotlar, olimlarning ilmiy tahillari va turli mamlakatlar tajribasi asosida baholanadi.
Asosiy eʼtibor ijtimoiy himoya tizimlari, taʼlim va kasbiy tayyorlash dasturlari, ish oʻrinlari yaratish, soliq siyosati va qashshoqlikka qarshi integratsion loyihalar samaradorligi qiyosiy tahliliga qaratilgan. Maqolada shuningdek, kambagʻallikni qisqartirish siyosatlarining iqtisodiy oʻsish, ijtimoiy barqarorlik va inson kapitali rivojlanishiga taʼsiri, shu bilan birga muammoning global migiyosdagi oʻziga xos xususiyatlari oʻrganiladi.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, muvaffaqiyatli kambagʻallikka qarshi siyosat faqat bir sohadagi choralar emas, balki kompleks yondashuv, uzluksiz monitoring va milliy sharoitlarga moslashtirilgan strategiyani talab qiladi. Maqola universitet tanlovi uchun moʻljallangan boʻlib, ilmiy chuqurlik, amaliy ahamiyat va dolzarblikni uygʻunlashtirishga intiladi.
Библиографические ссылки
1. World Bank. (2023). Poverty and Shared Prosperity Report.
2. Banerjee, A., & Duflo, E. (2019). Good Economics for Hard Times.
3. Alkire, S., & Foster, J. (2011). Counting and multidimensional poverty measurement.
4. Ravallion, M. (2020). On measuring global poverty.
5. Heckman, J. J. (2006). Skill formation and the economics of investing in disadvantaged children.
Va hokazolar.